Qarshi shahrida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida 14 yoshdan 30 yoshgacha bо‘lgan aholi о‘rtasida marafon  о‘tkazildi.

Musobaqada 1000 nafarga yaqin kishi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatidan viloyat hokimligi binosi oldigacha bо‘lgan masofaga yugurib keldi.

Qizlar о‘rtasidagi musobaqada birinchilik Muhabbat Hamidova, Maysara Yusupova va Shohida Saidmurodovaga nasib etdi.

О‘g‘il bolalar о‘rtasida qizg‘in kechgan bellashuvda Islombek Rahimov, Shahzod Mahmudov hamda Lutfulla Maxmatqulov barchadan oldin marraga yetib kelishdi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.

                                                                   S.ALLAYOROVA

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

29-06-2019 |
Foto galereya