Tashrifdan asosiy maqsad, viloyatda investitsiya loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish, eksportchi korxonalar faoliyatini o‘rganish va ularga amaliy yordam ko‘rsatish hamda mavjud muammolarni bartaraf etishdan iborat.

Shu maqsadda Qarshi shahar va tumanlarida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarga tashrif buyurdi.

Xususan, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqariladigan “Tat kola” MCHJ XK, bolalar uchun o‘yinchoqlar ishlab chiqariladigan “Toy bola” XK va televizor va monitorlar ishlab chiqariladigan “Alp texno servis” MCHJlarda bo‘lib, tadbirkorlarga bojxonada yaratilgan yengilliklar haqida ma’lumotlar yetkazildi, shu jumladan tovarlarni bojxona hududida qayta ishlashdagi yengilliklardan samarali foydalanish, eksport hajmini yanada oshirish yuzasidan tavsiyalar berildi.

19-09-2024 |
Foto galereya