Fuqarolarni qabul qilish tartibi

1. Axborotdan foydalanuvchi Qashqadaryo viloyati hokimligiga og‘zaki, yozma yoki elektron hujjat shaklida sо‘rov bilan murojaat etishi mumkin. Bunda elektron hujjat shaklidagi sо‘rovlar davlat organlarining rasmiy veb-saytlari, rasmiy elektron pochta manzillari yoki О‘zbekiston Respublikasi “Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali” orqali taqdim etiladi.

Sо‘rovlarni qabul qilish va rо‘yxatdan о‘tkazilishini ta’minlash viloyat hokimining farmoyishi bilan belgilangan sо‘rovlar bilan ishlovchi umumiy bо‘lim xodimi tomonidan amalga oshiriladi.

Sо‘rov pochta orqali kelib tushganda, sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan konvertda sо‘rov mavjudligi tekshiriladi.

Konvertda sо‘rovning yoki sо‘rovda kо‘rsatilgan ilovalarning mavjud emasligi aniqlanganda, sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi, ulardan biri (sо‘rov va u yuborilgan konvert bilan birga) sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodimda qoladi, ikkinchisi kuzatuv xatiga ilova qilingan holda konvertda kо‘rsatilgan manzil bо‘yicha yuboriladi.

Elektron hujjat shaklida sо‘rov tushgan kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi, ish vaqti tamom bо‘lgandan keyin tushgan taqdirda esa navbatdagi ish kunida qog‘ozga bosib chiqarilishi kerak.

Axborotdan foydalanuvchini identifikatsiyalash imkoniyatini beradigan ma’lumotlar kо‘rsatilmagan sо‘rov anonim hisoblanadi va kо‘rib chiqilmaydi.

Sо‘rov anonim deb e’tirof etilganda, bu haqda ijrochi (yoki ijrochilar) tomonidan xulosa tuziladi. Xulosada sо‘rovni anonim deb e’tirof etish uchun asoslar kо‘rsatiladi. Sо‘rovni anonim deb e’tirof etish tо‘g‘risidagi xulosa sо‘rovlar bilan ishlovchi tarkibiy bо‘linma yoki mas’ul xodim tomonidan tasdiqlanadi hamda viloyat hokimi yoki hokim о‘rinbosarlari tomonidan ijrodan olinadi.

Avvalgi sо‘rovlar bо‘yicha yuborilgan javobdan norozilik bildirilgan, shuningdek agar takroriy sо‘rov kelib tushgan paytda kо‘rib chiqishning qonun hujjatlarida belgilangan muddati tugagan bо‘lsa, avvalgi sо‘rov о‘z vaqtida kо‘rib chiqilmaganligi haqida xabar qilingan, aynan bir axborotdan foydalanuvchidan kelib tushgan sо‘rov takroriy, deb hisoblanadi.

Takroriy sо‘rovga u kelib tushgandan sо‘ng navbatdagi rо‘yxat indeksi berilib, “Sо‘rovlarni rо‘yxatga olish jurnali”da yoki elektron hujjat aylanish tizimida “takroriy” deb qayd etiladi.

Aynan bir axborotdan foydalanuvchining sо‘rovi nusxasi sо‘rov dublikati hisoblanadi. Davlat organiga sо‘rov dublikati (nusxasi) kelib tushgan hollarda, ushbu sо‘rovga alohida tartib raqami berilmasdan, birinchi marta rо‘yxatga olingan sо‘rovning tartib raqami va undan sо‘ng bosh harfda «/D» belgisi hamda sо‘rov kelib tushgan sana bilan qayd etiladi.

 

Qabul bо‘limi - 75 221-07-60

Yangilandi: 2023-07-10