Kitob markazidagi “Kitob 35/10 KV” nimstansiyasidagi 10 ming kVa quvvatli transformator o‘rniga 25 ming kVa transformatorni o‘rnatish ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Kosondagi “Surxon” 110/35/10 kV. li nimstansiyasining yuklama bilan ishlab turgan quvvati 6,3 MVA boʻlgan T-1 kuch transformatori kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʻrish, isteʼmolchilarni barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash doirasida quvvati 16 MVA boʻlgan kuch transformatoriga almashtirilmoqda.

Bundan tashqari, avvalroq Shahrisabz 110/35/10 kV nimstansiyasida eski T-1-25 000 kVA transformatori yangi 40 000 kVA transformatorga, G'uzor 110/10 kV nimstansiyasida eski T-1-10 000 kVA transformatori yangi 25 000 kVA transformatorga va Koʻkdaladagi “Yettitom” nimtansiyasining quvvatini oshirish uchun Xitoydan olib kelingan 2 ta, har birining quvvati 40 MVa bo‘lgan transformatorlar 10 MVa va 16 MVa bo‘lgan kuch transformatorlariga almashtirilgan.

17-09-2024 |
Foto galereya