Bugun Qashqadaryo viloyati hokimi Murotjon Azimov Yakkabogʻ tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.
Dastlab,”Yangi O‘zbekiston” massivi hududidagi qurilish obyektlari ko‘zdan kechirildi. Unda sohasidagi yutuqlar eʼtirof etilib, masʼullarga ayrim kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Shundan so‘ng, viloyat rahbari massiv hududida yangidan barpo etilgan 102-sonli umumiy o‘rta ta'lim maktabida yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib, o‘quvchilarning ota-onalari bilan ham suhbat olib bordi.
Shuningdek, tumanda "Oqsaroy klaster" MCHJ tomonidan barpo etilayotgan tekstil korxonasining qurilish ishlari bilan ham tanishdi.
Mazkur loyihaning umumiy qiymati 19.6 million AQSH dollarini tashkil etib, 600 ta yangi ishchi o‘rni yaratadi.
O‘rganishlar davomida Yakkabog‘ markaziy dehqon bozoriga ham tashrif buyurilib, bozor hududini tartibga solish va obodonlashtirish bo‘yicha tuman sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.