Qarshi shahrida giyohvandlikka qarshi kurash oyligi doirasida “Biz – sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz!” shiori ostida 14 yoshdan 30 yoshgacha bо‘lgan aholi о‘rtasida marafon о‘tkazildi.
Musobaqada 1000 nafarga yaqin kishi Qarshi ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatidan viloyat hokimligi binosi oldigacha bо‘lgan masofaga yugurib keldi.
Qizlar о‘rtasidagi musobaqada birinchilik Muhabbat Hamidova, Maysara Yusupova va Shohida Saidmurodovaga nasib etdi.
О‘g‘il bolalar о‘rtasida qizg‘in kechgan bellashuvda Islombek Rahimov, Shahzod Mahmudov hamda Lutfulla Maxmatqulov barchadan oldin marraga yetib kelishdi.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlanishdi.
S.ALLAYOROVA
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar