“Shahrisabz turistik markazi” tashkil etilib, Germaniyaning “ECM GROUP” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Miraki”, “Amir Temur”, “Polmon” va “Uloch” mahallalaridagi 240 gektar yer maydonining master-rejasi ishlab chiqilgani haqida ko‘p bor xabar berilgan edi.
Master-rejaga ko‘ra mehmonxona, mehmon uyi va dam olish maskani yo‘nalishlarida umumiy qiymati 117 million dollarlik 48 ta yirik va o‘rta yangi xizmat ko‘rsatish loyihalari amalga oshiriladi va 1,7 mingta doimiy ish o‘rni yaratiladi.
O‘zsanoatqurilishbank, Milliybank va Asakabank tomonidan 60 million dollarlik 1100 o‘rinli 2 ta mehmonxona, 3 ta xostel, 3 ta restoran, savdo ko‘ngilochar kompleks va 1,7 km uzunlikdagi dor yo‘li loyihalarida qurilish ishlari olib borilmoqda.
Shuningdek, 1300 o‘rinli 29 million dollarlik 17 ta mehmonxona, mehmon uylari, sanatoriya yo‘nalishlarida loyihalarning qurilish ishlari boshlandi.