O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmoni bilan qashqadaryolik bir qator soha xodimlari yuksak e’tirofga sazovor bo‘ldi.

"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi" faxriy unvoni bilan

Achilova Manzura Sheraliyevna - Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining akademik litseyi matematika fani o‘qituvchisi.

"Do‘stlik" ordeni bilan

Turdiyeva Iroda G‘ayratovna - Kitob tumanidagi 96-umumiy o‘rta ta’lim maktabining ingliz tili fani o‘qituvchisi.

II darajali "Sog‘lom avlod uchun" ordeni bilan

Boqiyev Akram Vasiyevich - Yakkabog‘ tumanidagi 75-umumiy o‘rta ta’lim maktabining jismoniy tarbiya fani o‘qituvchisi.

"Shuhrat" medali bilan

Tuxtamurodov Elbek Dilmurodovich - Qarshi shahridagi 1-ixtisoslashtirilgan maktab-internatining matematika fani o‘qituvchisi,

Xaliqov Azamat Qaxramonovich - Qarshi shahridagi 18-ko‘zi ojiz bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatining davlat va huquq asoslari fani o‘qituvchisi,

Xudoyberdiyeva Oytula Murtazakulovna - Mirishkor tumanidagi 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabining geografiya fani o‘qituvchisi.

28-09-2024 |
Foto galereya