Viloyat hokimi Murotjon Azimov vohamizda tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishning "Qashqadaryo tarjibasi"ni yaratish bo‘yicha mas’ullarning taqdimoti bilan tanishdi.
Unda respublika tez tibbiy yordam markazi Qashqadaryo viloyati hududiy filiali rahbari Akmal Aliyev tomonidan respublika ishchi guruhi va viloyat rahbariga sohani yanada rivojlantirish borasida qilinayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda muammo va takliflar yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, 2023-2024-yillar davomida foydalanish muddatini o‘tab bo‘lgan va ma’nan eskirgan 91 dona “Damas” avtotransport vositalari zamonaviy “Volkswagen caddy” avtomobillariga almashtirilib, barcha tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga GPS-trekerlar o‘rnatilgan holda onlayn monitoring tizimi yo‘lga qo‘yildi.
Shuningdek, viloyatda “103” qisqa raqami orqali chaqiriqlarni qabul qilish uchun yagona "Call" markazi tashkil etilib, kerakli barcha moslama va uskunalar bilan ta’minlandi. Respublikada birinchilardan bo‘lib Qashqadaryoda kunlik kelib tushgan chaqiriqlar haqidagi ma’lumotlarni tegishli hududdagi birlamchi tibbiyot muassasalariga axborot berib borishni yo‘lga qo‘yilishi natijasida o‘tgan yilning mos davriga nisbatan kunlik chaqiriqlar soni o‘rtacha 400-500 tagacha kamayishga erishilgan.