9 aprel – Amir Temur tavallud topgan kun

Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi ul zot tug‘ilgan manzil – Shahrisabzda ham keng nishonlandi. Erta tongdan shahar markazidagi Amir Temur xiyoboni davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, olim va tadqiqotchilar, keksa-nuroniylar va yoshlar bilan gavjum bо‘ldi.

 

Ular Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qо‘yishib, ulug‘ sarkardaga о‘zlarining cheksiz hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.

Buyuk sarkarda tavalludi kuni munosabati bilan  joylarda о‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.

Suratlarda: tadbirdan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar.

 "qashqadaryogz.uz" ma’lumotlari asosida

10-04-2019 |
Foto galereya