9 aprel – Amir Temur tavallud topgan kun
Sohibqiron Amir Temur tavalludining 683 yilligi ul zot tug‘ilgan manzil – Shahrisabzda ham keng nishonlandi. Erta tongdan shahar markazidagi Amir Temur xiyoboni davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, keng jamoatchilik vakillari, olim va tadqiqotchilar, keksa-nuroniylar va yoshlar bilan gavjum bо‘ldi.
Ular Sohibqiron haykali poyiga gulchambarlar qо‘yishib, ulug‘ sarkardaga о‘zlarining cheksiz hurmat-ehtiromlarini izhor etdilar.
Buyuk sarkarda tavalludi kuni munosabati bilan joylarda о‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.
Suratlarda: tadbirdan lavhalar.
Sobir NARZIYEV olgan suratlar.
"qashqadaryogz.uz" ma’lumotlari asosida
10-04-2019 |
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabarФото галерея