Maktab о‘quvchilari о‘rtasida о‘tkazilgan "Men sevgan adabiy qahramon" insholar tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 38 ming nafardan ortiq 8-, 9- va 10-sinf о‘quvchisi ishtirok etdi.

Finalda esa hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli о‘tgan 42 nafar о‘quvchi yana bir bor о‘z bilim va iqtidorini  namoyish etdi.

Tanlov yakunida har bir sinf о‘quvchilari о‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. E’tiborli jihati, ular orasida Dehqonobod tumanidagi 89-maktab о‘quvchisi Sevinch Shomatova ham bor. Viloyatimiz vakilasi 10-sinf о‘quvchilari о‘rtasida 1-о‘rinni qо‘lga kiritgan.

J.BOYMURODOV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

29-06-2019 |
Foto galereya