Maktab о‘quvchilari о‘rtasida о‘tkazilgan "Men sevgan adabiy qahramon" insholar tanlovining respublika bosqichi yakunlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qilmoqda.
Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida tashkil etilgan mazkur tanlovning quyi bosqichlarida 38 ming nafardan ortiq 8-, 9- va 10-sinf о‘quvchisi ishtirok etdi.
Finalda esa hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli о‘tgan 42 nafar о‘quvchi yana bir bor о‘z bilim va iqtidorini namoyish etdi.
Tanlov yakunida har bir sinf о‘quvchilari о‘rtasida g‘oliblar aniqlandi. E’tiborli jihati, ular orasida Dehqonobod tumanidagi 89-maktab о‘quvchisi Sevinch Shomatova ham bor. Viloyatimiz vakilasi 10-sinf о‘quvchilari о‘rtasida 1-о‘rinni qо‘lga kiritgan.
J.BOYMURODOV
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar