Qamashi tuman pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasidan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘ygan yosh ishbilarmonlar ishtirokida savdo yarmarkasi о‘tkazildi.

“Yoshlar oyligi” doirasida yarmarkada taklif etayotgan yosh tadbirkorlar о‘zlari ishlab chiqargan  mahsulotlar va xizmatlarni aholiga taqdim qilishdi.

Yarmarka doirasida tuman markazida tuman hokimligi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qamashi tuman kengashi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi tuman filiali tashabbusi bilan “Kitob olami” dо‘konining ochilish marosimi ham о‘tkazildi. Shu kunning о‘zida tuman tashkilotlari vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ullari hamda yuzlab ishtirokchilar yangi dо‘kondan kо‘plab kitoblar sotib olishdi.

Islombek AHMATOV,

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi

viloyat kengashi matbuot kotibi 

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

29-06-2019 |
Foto galereya