Qamashi tuman pedagogika-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida “Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasidan imtiyozli kredit olib, tadbirkorlik faoliyatini yо‘lga qо‘ygan yosh ishbilarmonlar ishtirokida savdo yarmarkasi о‘tkazildi.
“Yoshlar oyligi” doirasida yarmarkada taklif etayotgan yosh tadbirkorlar о‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlar va xizmatlarni aholiga taqdim qilishdi.
Yarmarka doirasida tuman markazida tuman hokimligi, О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qamashi tuman kengashi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi tuman filiali tashabbusi bilan “Kitob olami” dо‘konining ochilish marosimi ham о‘tkazildi. Shu kunning о‘zida tuman tashkilotlari vakillari, Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi mas’ullari hamda yuzlab ishtirokchilar yangi dо‘kondan kо‘plab kitoblar sotib olishdi.
Islombek AHMATOV,
О‘zbekiston yoshlar ittifoqi
viloyat kengashi matbuot kotibi
Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar