Ozarbayjon xalqi, tili, millati, madaniyati va san’ati haqida gap ketganda avvalo, U.Gadjibekov nomi bor bо‘yi bilan  qad rostlaydi. Negaki, о‘z zamonasining sohibi ilmi, musiqashunos olimi, cholg‘uchisi, bastakori, bir sо‘z bilan aytganda  san’at fidoiysi bо‘lgan shaxsdir. Uning  “Arshin mal alan” komediyasi yuzlab tillarda sahna yuzini kо‘rgan va barcha xalqlar qalbiga birday manzur bо‘lgan musiqiy asaridir. 

Joriy yilning 3 iyul  kuni soat 18.00da U.Gadjibekovning “Arshin mal alan” spektaklining premyerasi  bо‘lib о‘tdi.

Spektakl premyerasida Qarshi shahar mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari, xususan telivediniye va matbuot xodimlari, shuningdek viloyatning ziyoli qatlam vakillari ishtirok etishdi. Qarshi shahar hokimining о‘rinbosari Alisher Nasimov spektakl xususida  bugungi kun tomoshabini uchun sog‘inchli musiqiy asar  deya baho berdi va teatr jamoasini chin dildan muborakbod etdi.

Spektakldagi bosh va asosiy qahramonlarni,  jumladan  Asqar- Doston Mо‘minov, Sultonbek- О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Baxriddin Raxmonov, Gulchehra- О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Oygul Xalilova, Osiyo- Nilufar Jalilova, Zebo- Mohichehra Abduraxmonova, Jahon xola- Hurriyat Isroilova, Sulaymon- Ilyos Qurbonov, Vali- Shuxrat Rizvonovlar ijro etishdi.

 

B.Nazarov talqinidagi U.Gadjibekovning “Arshin mal alan”  spektaklida ham bugun millatlarimizga xos bо‘lgan oila rishtalarini bog‘lashdagi milliy qadriyatlarga sadoqatlilik, ushbu an’analarni hurmat qilgan holda bardavomligini ta’minlash masalalari sahnaviy tarzda aks ettirildi. О‘zbek qizlarining ibo hayosi, qadimiy va asriy an’analarimiz sanalgan “Nikoh” masalalaridagi ota-onalar rayiga qarshi bormasdan muxabbat qasrlarini qurishlik masalalari komik ruhiyatda va musiqiy jarangdorlikdagi  ozarbayjoncha mug‘omlar orqali havola etildi.

4 iyul kuni  soat 18.00da hamda  5 iyul kunlari soat 10.00da  Qarshi shahar aholisi va  “Yong‘in xavsizligi” boshqarmasi xodimlari  hamda ularning oila a’zolari uchun U.Gadjibekovning “Arshin mal alan” musiqali komediyasi namoyish etilishi  bilan teatrda 86 mavsum о‘z nihoyasiga yetadi.

Teatr jamoasi о‘zining 86 mavsumini yakunlab bir oy muddatga  yozgi umumiy mehnat ta’tiliga chiqib ketadi.

Qashqadaryo viloyati musiqali drama  teatrning kelgusi rejalarida teatr ixlosmandlarini  yangi spektakllari bilan hayratga soluvchi ijodiy ishlari kо‘lamini yanayam kengaytirib boraveradi. 

 

                                                                  Viloyat hokimligi axborot xizmati

05-07-2019 |
Foto galereya