Ozarbayjon xalqi, tili, millati, madaniyati va san’ati haqida gap ketganda avvalo, U.Gadjibekov nomi bor bо‘yi bilan qad rostlaydi. Negaki, о‘z zamonasining sohibi ilmi, musiqashunos olimi, cholg‘uchisi, bastakori, bir sо‘z bilan aytganda san’at fidoiysi bо‘lgan shaxsdir. Uning “Arshin mal alan” komediyasi yuzlab tillarda sahna yuzini kо‘rgan va barcha xalqlar qalbiga birday manzur bо‘lgan musiqiy asaridir.
Joriy yilning 3 iyul kuni soat 18.00da U.Gadjibekovning “Arshin mal alan” spektaklining premyerasi bо‘lib о‘tdi.
Spektakl premyerasida Qarshi shahar mahalla faollari, ommaviy axborot vositalari, xususan telivediniye va matbuot xodimlari, shuningdek viloyatning ziyoli qatlam vakillari ishtirok etishdi. Qarshi shahar hokimining о‘rinbosari Alisher Nasimov spektakl xususida bugungi kun tomoshabini uchun sog‘inchli musiqiy asar deya baho berdi va teatr jamoasini chin dildan muborakbod etdi.
Spektakldagi bosh va asosiy qahramonlarni, jumladan Asqar- Doston Mо‘minov, Sultonbek- О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Baxriddin Raxmonov, Gulchehra- О‘zbekiston Respublikasida xizmat kо‘rsatgan artist Oygul Xalilova, Osiyo- Nilufar Jalilova, Zebo- Mohichehra Abduraxmonova, Jahon xola- Hurriyat Isroilova, Sulaymon- Ilyos Qurbonov, Vali- Shuxrat Rizvonovlar ijro etishdi.
B.Nazarov talqinidagi U.Gadjibekovning “Arshin mal alan” spektaklida ham bugun millatlarimizga xos bо‘lgan oila rishtalarini bog‘lashdagi milliy qadriyatlarga sadoqatlilik, ushbu an’analarni hurmat qilgan holda bardavomligini ta’minlash masalalari sahnaviy tarzda aks ettirildi. О‘zbek qizlarining ibo hayosi, qadimiy va asriy an’analarimiz sanalgan “Nikoh” masalalaridagi ota-onalar rayiga qarshi bormasdan muxabbat qasrlarini qurishlik masalalari komik ruhiyatda va musiqiy jarangdorlikdagi ozarbayjoncha mug‘omlar orqali havola etildi.
4 iyul kuni soat 18.00da hamda 5 iyul kunlari soat 10.00da Qarshi shahar aholisi va “Yong‘in xavsizligi” boshqarmasi xodimlari hamda ularning oila a’zolari uchun U.Gadjibekovning “Arshin mal alan” musiqali komediyasi namoyish etilishi bilan teatrda 86 mavsum о‘z nihoyasiga yetadi.
Teatr jamoasi о‘zining 86 mavsumini yakunlab bir oy muddatga yozgi umumiy mehnat ta’tiliga chiqib ketadi.
Qashqadaryo viloyati musiqali drama teatrning kelgusi rejalarida teatr ixlosmandlarini yangi spektakllari bilan hayratga soluvchi ijodiy ishlari kо‘lamini yanayam kengaytirib boraveradi.
Viloyat hokimligi axborot xizmati
Янгиликлар
16-03-2023
Xotin-qizlar bandligi taʼminlanmoqda06-03-2023
Rasmiy bayonot06-03-2023
Rasmiy xabar