Ochilish marosimi

Shahrisabz tumani Loliston mahallasidagi 1953 yilda qurilgan "Ziyo chashmalari" oromgohi 17,5 milliard sо‘m mablag‘ evaziga  rekonstruksiya qilinib, mutlaqo yangi qiyofa kasb etdi.

Viloyat kasaba uyushma tashkilotlariga qarashli ushbu oromgoh hududi 7 gektardan ortiqni tashkil etib, uning bino-inshootlari ta’mirtalab holatga kelib qolgan edi.

- Muassasamiz har navbatda 300 о‘g‘il-qizning dam olishiga mо‘ljallangan, - deydi oromgoh rahbari Sobir Mо‘minov. - Eski, pastqam binolar о‘rnida zamonaviy korpuslar, 10x24 hajmdagi yangi suzish havzasi, ma’naviyat-ma’rifat markazi, amfiteatr, 350 о‘rinli oshxona, 6x6 metr о‘lchamli shaxmat doskasi hamda о‘yingohlar barpo etildi. Muassasa tо‘liq zamonaviy, yangi jihozlar bilan ta’minlandi.

S.ALLAYOROVA

                                                                          Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Foto galereya