Viloyatimizning barcha hududlarida 30 iyun - Yoshlar kuni keng nishonlandi.

Ma’lumki, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining IV qurultoyida ishtirok etgan Prezident Shavkat Mirziyoyev О‘zbekiston yoshlar ittifoqini tashkil etish taklifini bildirib, kelgusida ushbu sanani mamlakatimizda "Yoshlar kuni" sifatida nishonlash tashabbusini ilgari surgan edi. Shunga monand, 30 iyun mamlakatimiz bо‘ylab "Yoshlar kuni" sifatida keng bayram qilinmoqda.

Bu yil ham bayram munosabati bilan viloyatimizning barcha hududlarida Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi hamda mahalliy hokimliklar va qator tashkilotlar bilan hamkorlikda kо‘plab tadbirlar, konsertlar, sport musobaqalari, tanlovlar, uchrashuvlar о‘tkazildi. Yil davomida erishilgan yutuqlar, yо‘l qо‘yilgan xato va kamchiliklar sarhisob qilindi, galdagi rejalar belgilab olindi.

Viloyatning asosiy bayram tantanalari viloyat musiqali drama teatrida bо‘lib о‘tdi.

Tadbirni viloyat hokimi Zafar Rо‘ziyev ochib, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining О‘zbekiston yoshlariga bayram tabrigini о‘qib eshittirdi.

Sо‘ngra Prezidentimizning 2019 yil 28 iyundagi qarori bilan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng kо‘lamli islohotlarda faollik kо‘rsatib kelayotgan yoshlar qatorida "Mard о‘g‘lon" davlat mukofoti bilan taqdirlangan Davlat xavfsizlik xizmatining chegara qо‘shinlari harbiy qism guruh komandiri Elmurod Abduraimov hamda "Hunarmand" uyushmasining G‘uzor tumani bо‘limi a’zosi, hunarmand-zargar Sharifjon Raupovga sovrindorlik diplomi va kо‘krak nishonlari topshirildi.

Bayram munosabati bilan tayyorlangan konsert davomida Vatanni, yoshlikni, ilmni ulug‘lagan qо‘shiqlar kuylandi.

Jahongir BOYMURODOV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

03-07-2019 |
Foto galereya