Prezidentning ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yо‘lga qо‘yish bо‘yicha 5 muhim tashabbusi ijrosi doirasida yosh tadbirkor Zuhriddin Safarov о‘zi rahbarligidagi "Safarov Zuhriddin" MCHJ qoshida 3000 ga yaqin kitob fondiga ega dо‘kon ochdi.

О‘zbekiston yoshlar ittifoqi Qamashi tuman kengashi hamda "Yoshlar - kelajagimiz" jamg‘armasi  tuman filiali kо‘magi bilan hududda faoliyat boshlagan "Kitob olami" nomli ziyo maskanida kitobsevarlar uchun qulay  sharoitlar muhayyo. Xususan, dо‘konda kitob о‘qish uchun maxsus joy, ijaraga kitob olish xizmatlari tashkil etilgan. Endilikda muntazam ravishda kitoblar sonini oshirib borishni reja qilgan tadbirkor ushbu faoliyat ortidan hozircha 3 nafar yoshni doimiy ish bilan ta’minlagan.

Jamshid NORQOBILOV olgan suratlar

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-07-2019 |
Foto galereya