Viloyat hokimi Murotjon Azimov Qarshi shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi bilan tanishib, o'z takliflarini berdi.

Shahar hokimi Normo'min Xolboyevni ta'kidlashicha, joriy yilning o‘zida mahalliy budjet daromadlari 258 mlrd. so‘mdan 485 mlrd. so‘mgacha oshirilishi, ishsizlik darajasini 7,6 foizdan 6,6 foizgacha qisqartirish, xizmat ko‘rsatish sohasida mehmonxonalar, uy mehmonxonalari, umumiy ovqatlanish ob’yektlari kabi jami 665 ta yangi sub’yektlar tashkil etish maqsad qilingan.

Shahar aholisidan Prezident virtual va xalq qabulxonasidan kelib tushgan murojaatlar soni bugungi kunda 2740 tadan (2022-yilga nisbatan) 1096 taga, ya’ni 40 foizga kamaytirilishiga erishildi. Shuningdek, o‘tgan 2023-yil mobaynida 42,5 mln dollar xorijiy investitsiyalar o‘zlashtirilgan bo‘lsa, 2024-yilga kelib o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan xorijiy investitsiya miqdorini 150 mln dollarga yetkazish rejalashtirilgan.

Tibbiyot sohasida korrupsiyaning oldini olish maqsadida ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar ya’ni, Respublika, viloyat va shahar darajasidagi shifoxonalarga yotish uchun berilayotgan order va yo‘llanmanlarni onlayn elektron tarzda raqamlashtirish orqali tarqatilishini nazorat qilinadi, tibbiyot muassaslarida iqtidorli yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantiriladi, raqamlashtirish orqali aholiga bepul 120 turdagi dori vositalarini tarqatilishida shaffoflik ta’minlanadi.

Shu bilan bir qatorda “Yoshlar jamg‘armasi” mablag‘lari hisobidan 4,6 mlrd so‘m sarf qilinib, ushbu mablag‘lar evaziga yoshlarni zamonaviy kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, ilm-fan, sport, san’at va madaniyat yo‘nalishlarida, mehnat quroli yoki asbob-uskuna uchun subsidiya ajratish, ta’lim muassasasidagi kontrakt to‘lovini qoplab berish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish xarajatlari qoplab beriladi.

07-02-2024 |
Foto galereya