Tumanning “Tatar” mahallasida bo‘lgan viloyat hokimi Murotjon Azimov u yerda aholiga yaratilgan sharoitlar, xonadonlardagi tomorqa madaniyati va hududning eko turizm imkoniyatlari bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida viloyat hokimi tumanning beqiyos tabiati, qadim tarixi, madaniyati, ziyoratgohlari va sayyohlik maskanlaridan unumli foydalanib, yo‘l xaritasi tuzilishi hamda kelajakda eko turizm loyihalari tashkil etilishini taʼkidladi

Shuningdek, viloyat hokimi aholi xonadonlarida ham bo‘lib, tomorqasidan unumli foydalangan holda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan fuqarolar bilan uchrashdi.

Jumladan, mahallaning “Kaltaqo‘l” qishlog‘ida yashovchi Sarvar Nazarov hududning iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda intensiv usulda forel balig‘i yetishtirishni yo‘lga qo‘yib, nafaqat yaxshigina daromad topadi, balki ko‘plab mahalla yoshlarini ish bilan taʼminlagan. Mazkur baliq chavoqlari Fransiyadan maxsus keltirilgan bo‘lib, Germaniyadan olib kelinayotgan omixta yem bilan boqiladi.  

"Forel balig‘ini boqish uchun mazkur hududning iqlim sharoiti mos keladi", deydi viloyat hokimi Murotjon Azimov. – Shirin suvli daryo yil davomida qurimaydi. Ushbu jannatmonand hudud bilan bog‘liq yaxshi rejalarimiz hali ko‘p. Kelgusida baliq boqish hajmini yanada oshiramiz va tatarliklar bundanda yaxshi sharoitlarga yashashlari uchun tinmay harakat qilamiz.

Yakunda fuqarolar murojaatlari ham o‘rganilib, har bir murojaat ijrosi tegishli soha vakillari tomonidan nazoratga olindi.

02-07-2024 |
Foto galereya