Barcha sohalarda bo‘lgani kabi, bugun davlatimiz rahbarining eʼtibor va yaratib berayotgan imkoniyat hamda sharoitlari tufayli yurtimiz sport sohasida ham katta natijalarga erishib kelmoqda.

Xususan, joriy yilda o‘tkaziladigan to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarida qashqadaryolik 9 nafar sportchilarning 4 ta sport turidan 6 ta litsenziyani qo‘lga kiritgani ham buning yorqin isbotidir.

Shu bois, bugun viloyat hokimi Murotjon Azimov olimpiya o‘yinlarida ishtirok etuvchi vohamiz sportchilari bilan onlayn muloqot qilgan holda musobaqa bahslarida omad va zafarlar yor bo‘lishini aytib, yurtimizga g‘alabalar bilan qaytishini tiladi.

Maʼlumot o‘rnida, o‘tgan Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida 1 nafar qashqadaryolik atlet yurtimiz sharafini himoya qilgan.

08-07-2024 |
Foto galereya