Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarning muammolarini hal etish, inson qadr-qimmatini ulug'lash yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning asosiy yo'nalishlaridan biriga aylangan.

Qashqadaryoda ham tez-tez qabullar o'tkazish, murojaatlarni tezkor hal etish hamda ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida viloyat hokimi Murotjon Azimov va sektor rahbarlari tomonidan doimiy fuqarolar va tadbirkorlar qabullari o'tkazib kelinmoqda.

Qarshi shahrida o'tkazilgan viloyat hokimining tadbirkorlar qabulida ham ko'plab tadbirkor va ishbilarmonlarning kredit, soliq imtiyozlari va noqonuniy tekshirishlarga doir muammolariga yechim topildi, takliflari yuzasidan fikr almashildi.

20-05-2024 |
Foto galereya