Viloyat hokimi Murotjon Azimov G‘uzor tumanidagi tadbirkorlar bilan uchrashuvi chog‘ida tuman hokimining hududni 2024-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi taqdimoti bilan tanishdi.

Ma’lum bo‘lishicha, joriy yilda tumanda 32 ming 500 nafar aholining bandligi ta’minlanadi. Bu esa, o‘tgan yilga qaraganda 4 ming 700 nafarga ko‘p degani. Tumanda jami 9,3 trillion so‘mlik 97 ta loyihalar amalga oshiriladi. Jumladan, yirik loyiha hisoblangan yuqori sifatli kalsiy karbonat ishlar chiqarish korxonasi ishga tushishi evaziga tumanga 20 mln. dollar investitsiya mablag‘i kirib keladi. Buning natijasida 50 nafar aholi ish bilan band qilinadi. Shu bilan birgalikda 15 mln. dollarlik investitsiya mablag‘i evaziga ipakchilik klasteri tashkil etilib, yana 250 nafar fuqaro ish bilan ta’minlanadi.

Ta’kidlanishicha, tumanda joylashgan "Uzbekiston GTL" zavodi negizida chiziqli alkilbenzol ishlar chiqarish loyihasi amalga oshiriladi va bundan ko‘zlangan maqsad maishiy kimyo yuvish vositalari ishlab chiqarish. Bunda 175 mln. dollar xorijiy hamkor mablag‘lari jalb qilinadi. Markaziy Osiyoda birinchi sintetik bazaviy moylar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi va 250 mln. dollar xorijiy hamkorlar mablag‘lari o‘zlashtiriladi.

Shuningdek, aholini uy-joy bilan ta’minlash maqsadida 1200 ta uylar barpo qilinadi va 18 mlrd. so‘m mablag‘ evaziga ko‘ngilochar maskan barpo etish loyihasi ish boshlaydi. Bu orqali ham 200 nafar ish o‘rni yaratiladi.

Viloyat hokimi taqdimotda keltirilgan sohalar rivojiga doir rejalarni yanada boyitish bo'yicha o'z takliflarini berib, loyihalarni tez orada amalga oshirishni boshlash kerakligini ta'kidladi.

27-02-2024 |
Foto galereya