Toshkent shahrida “Ijodkor bolalar” festival-tanlovining respublika bosqichi bо‘lib о‘tdi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tanlovning quyi bosqichlarida 7,4 mingdan ortiq “Barkamol avlod” bolalar markazlari va umumiy о‘rta ta’lim maktablari о‘quvchilari yog‘och о‘ymakorligi, libos dizayni, avtomodel, robototexnika, ekodizayn, landshaft dizaynyо‘nalishlari bо‘yicha 1200 yaqin ijodiy ishlari bilan qatnashdi.

Finalda esa hududiy bosqichlardan muvaffaqiyatli о‘tgan 84 nafar о‘quvchining ijodiy ishlari kо‘rgazmasi tashkil etildi.

Yakunda 6 yо‘nalish bо‘yicha 18 о‘quvchi 1-, 2-, 3-о‘rin sohiblariga aylandi. Ular orasida viloyatimizdan ham 3 nafar о‘quvchi bor.

Jumladan, “Landshaft dizayni” yо‘nalishida Shahrisabz tumanidan Nosir Ixtiyorov 1-о‘rinni qо‘lga kiritgan bо‘lsa, “Ekodizayn” yо‘nalishida kitoblik Dilnura Hamzayeva ikkinchi, “Robototexnika” yо‘nalishida esa nishonlik Samandar Qamariddinov 3-bо‘ldi.

J.BOYMURODOV

Qashqadaryogz.uz  ma’lumotlari asosida

 

04-07-2019 |
Foto galereya