7 aprel - Butunjahon salomatlik kuni

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti qaroriga asosan bu yil  Butunjahon salomatlik kuni "Jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish  - salomatlik garovi!" shiori ostida о‘tadi.

Albatta, har qanday inson uchun salomatlik eng muhim boylik hisoblanadi. Qolaversa, sog‘lom inson jamiyatda ham katta kuchga ega bо‘lib, yaratuvchanlik vazifasini bajaradi.

 Mutaxassislarning fikricha, tibbiy xizmat sog‘lig‘imizning atigi 8-10 foizini ta’minlaydi. Salomatligimizning 15 foizi irsiy omillarga, 20 foizi atrof-muhitga va 55 foizdan kо‘prog‘i  о‘zimizga bog‘liq. Demak, bu borada о‘zimiz mas’uliyatli bо‘lishimiz lozim. Tо‘g‘ri va ratsional ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Jismoniy faollik va chiniqish, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish - salomatligimiz garovi. Mehnat qilish va dam olish meyorini bilish,  zararli odatlardan voz kechish, tibbiy madaniyat ham sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy omillardan sanaladi. Abu Ali ibn Sino kasalliklarning oldini olish uchun  jismoniy mashqlar bilan muntazam shug‘ullanish zarurligini kо‘p marotaba ta’kidlagan.

Shuni aytib о‘tish kerakki, har tomonlama komil shaxsni tarbiyalash uchun tibbiy-psixologik xizmatni rivojlantirish, bog‘cha va maktab yoshidagi bolalar, yoshlar, shuningdek, katta yoshdagi aholi bilan ijtimoiy, ruhiy va jismoniy sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish kerak.

Davlatimiz rahbarining 2018 yil 18 dekabrdagi "Yuqumli bо‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzini qо‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida"gi va Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 29 yanvardagi "О‘zbekistonda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va aholini jismoniy tarbiya va ommaviy sportga jalb etish tо‘g‘risida"gi qarorlari bu boradagi ishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

- Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bо‘lib,  unumli mehnat, vaqtida dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, tartibli ovqatlanish, zararli odatlardan о‘zini tiyish, ruhiy va ma’naviy oziqlanish, shifokor kо‘rigidan muntazam о‘tib turish kabi tushunchalarni о‘z ichiga oladi, - deydi Jamiyat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish ilmiy-tadqiqot instituti viloyat bо‘linmasi bо‘lim boshlig‘i Gulnoz Berdimurodova. - Bunda birinchi e’tibor nosog‘lom yoki noratsion ovqatlanish oqibatida yuzaga keluvchi noinfeksion kasalliklar - yurak-qon tomirlar patologiyasi, endokrin tizim va onkologik kasalliklarni kamaytirishga qaratiladi. Shunga asosan tibbiyot birlashmalari xodimlari, talabalar, bolalar va о‘smirlar sport maktablari ustoz va о‘quvchilari, xalq ta’limi hamda maktabgacha ta’lim muassasalari xodim va tarbiyalanuvchilari о‘rtasida sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikni oshirish borasida keng kо‘lamli targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Qatnashchilarga eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Tadqiqotlar shuni kо‘rsatadiki, insonlar о‘rtasidagi xushmuomalalik, ijtimoiy qо‘llab-quvvatlashning uzoq va sog‘lom umr kо‘rishdagi о‘rni xuddi jismoniy mashqlaru parhezga amal qilish foydasi bilan teng ekan.    Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy omillardan yana biri atrof-muhit muhofazasidir. О‘zimiz nafas olib turgan tabiatni asrash,  atrofga, ariqlarga, kanallarga chiqindilarni tо‘kmaslik orqali о‘z muhitimizni asray olamiz va turmush tarzimizni yanada yaxshilaymiz.

- О‘zbekiston yuqumli kasalliklarning oldini olish va davolash, onalar va bolalar salomatligi himoyasi, birlamchi tibbiy sanitariya yordami, shoshilinch va tez tibbiy yordam kо‘rsatish hamda ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarni bepul davolash tashkil qilingan dunyodagi sanoqli davlatlar qatorida turadi, - deydi G.Berdimurodova.  - Barcha hududlarda yilda bir marta tor   doiradagi mutaxassislar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy kо‘rik tashkil etiladi. Surunkali kasalligi bо‘lgan fuqarolar dispanser rо‘yxatiga olinib, belgilangan davolash mezonlariga asosan yiliga 3-4 marta dispanser kо‘rigidan о‘tkazilib, sog‘lomlashtirish ishlari olib boriladi. Biroq, bu salomatlikdagi hamma muammoni tibbiy xizmat orqali hal qilish mumkin, degani emas. Sog‘liq avvalo odamning о‘ziga kerak, shuning uchun unga befarq qarash yaramaydi.

"Jismoniy faollik va sog‘lom ovqatlanish  - salomatlik garovi!" shiori ostidagi tadbirlar sog‘lom  avlodlar kamol topishiga zamin yaratadi. Zarur tavsiyalarga amal qilish tana a’zolari va tizimlarining    meyoriy faoliyatini ta’minlaydi, erta qarish va organizmni tashqi muhitning zararli ta’siridan himoya qilishga xizmat qiladi.

Shohista BOZOROVA

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

08-04-2019 |
Foto galereya