Majburiy ijro byurosi Dexqonobod tumani bо‘limi tomonidan foydalanilgan energiya resurslari uchun tо‘lovlarni tо‘liq va о‘z vaqtida undirish, elektr, gaz uzatish va gaz taqsimlash tarmoqlariga noqonuniy ulanish, talon-toroj qilish, energiya resurslarini noqonuniy iste’mol qilishning boshqa holatlarini aniqlash borasida tadbirlar о‘tkazilganda, kо‘plab qonunbuzarlik holatlari aniqlanmoqda.

    Jumladan, MIB Dexqonobod tumani bо‘limi xodimlari  tomonidan Dexqonobod tumandangi kasb xunar kollejlaridan birida tabiiy gaz sarfi bо‘yicha monitoring о‘tkazilganda,u yerda ruxsatsiz, hech qanday xujjatsiz, о‘zboshimchalik bilan gaz xisoblagichni yechib olgan xolda kollej ma’muriy binosini isitish uchun tabiiy gazdan foydalanib kelayotganligi aniqlandi. Qayta hisob-kitob qilinganda, kollej bu noqonuniy harakati bilan davlat va jamoat manfaatlariga 11 mln 520 ming sо‘m zarar yetkazgan. Endilikda kollej ma’muriyati yetkazilgan zararni, noqonuniy harakat uchun О‘zbekiston respublikasi Ma’muriy javobgarlik tо‘g‘risidagi kodeksning   

    101- moddasiga asosan qо‘llanilgan ma’muriy jarimani hamda tarmoqqa qayta ulash uchun tо‘lovni amalga oshirgandan sо‘ngina tarmoqqa qayta ulab beriladi.

Majburiy ijro byurosi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi

 

03-03-2019 |
Foto galereya