Sohibqironni о‘z kо‘zi bilan kо‘rgan Ibn Arabshoh Amir Temurning tashqi kо‘rinishi va xislatlariga shunday ta’rif bergan: "Tik qomatli, peshonasi keng, boshi katta, metin tabiat bir odam edi. Uning yuzi oq-qizil bо‘lib, ochiq havoda kо‘p yursa-da, oftobda qoraymagandi. A’zoyi badani pishiq, puxta, yelkalari keng, barmoqlari uzun va ingichka, oyoqlari uzun bо‘lib, qaddi-qomati kelishgan edi.

О‘limdan qо‘rqmas, hatto umrining oxirida (69 yoshida) ham xotirasi tiniq, jasorati va metin tabiati bilan qudratli qoyani eslatardi. Oqsoqlanardi. Kо‘zlari xuddi yonib turgan shamga о‘xshasa-da, bir qarashdayoq masalaning tub mohiyatini ilg‘ab oladigan, kuzatuvchan, munozara qilish san’atini suv qilib ichib yuborgan Temur hech qachon xomxayolga berilmas, orzulari rо‘yobga chiqmasa, buni yashirib о‘tirmas va tuzgan rejasini о‘zgartirmas edi. U haq sо‘z bilan uydirma gap о‘rtasidagi farqni eshitgani hamono aniq ajrata olardi, shuningdek, u о‘z mug‘ambirligi bilan samimiy maslahatgо‘yni munofiq firibgardan bir qarashdayoq farq qila olardi".

Manbalarga kо‘ra, Amir Temurning о‘g‘il avlodlaridan u vafot etgan paytda 36 nafari hayot bо‘lib, shundan tо‘ng‘ichi amirzoda Jahongir (1356-1376) naslidan о‘n bir о‘g‘il mavjud edi. Jahongirning katta о‘g‘li, 1375-1403 yillarda yashagan Muhammad Sulton ibn Jahongirdan uch о‘g‘il qolgandi. Muhammad Jahongir tо‘qqiz, Yahyo besh, Sa’d Vaqqos (bu nevarani "Menkim, Sohibqiron - Jahongir Temur" asarida Temurning beshinchi о‘g‘li deb chalkashlikka yо‘l qо‘yilgan) olti yashar bо‘lgan.

Jahongirning ikkinchi о‘g‘li amirzoda Pir Muhammad ibn Jahongir (1376-1407) yetti bola bilan Kobul va G‘azna saltanatiga egalik qilardi. Uning о‘g‘illari - Qaydu, Xolid, Buzanjir, Sa’d Vaqqos, Sanjar, Jahongir, Buzrukdir.

Temurning ikkinchi о‘g‘li Umarshayx Bahodir (1356-1394) naslidan tо‘qqiz о‘g‘il va nevaralar hayot edi. Pir Muhammad ibn Umarshayx bir о‘g‘il (Umarshayx ibn Pir Muhammad) bilan yigirma olti yoshda, Rustam ibn Umarshayx yigirma tо‘rt (ikki о‘g‘il bilan - Usmon olti yoshda, Sultonali bir), Iskandar ibn Umarshayx yigirma bir, Ahmad ibn Umarshayx о‘n sakkiz, Saydi Ahmad ibn Umarshayx о‘n besh, Boyqaro ibn Umarshayx о‘n ikki yoshda edilar.

Temurning uchinchi о‘g‘li, о‘ttiz sakkiz yoshli shahzoda Mironshoh mirzo (1366-1408)ning о‘g‘il va nabiralari yetti nafar edi. Katta о‘g‘il Abu Bakr yigirma uch yoshda bо‘lib, uning ikki о‘g‘li - Ilangir tо‘qqiz, Usmon Chalabiy tо‘rt yoshda edi. Ikkinchi о‘g‘li Umar ibn Mironshoh yigirma ikki, uchinchisi va Temurdan keyin Movarounnahr taxtiga da’vo qilgan Xalil Sulton yigirma ikki yoshda, Ijal о‘n, Suyurg‘atmish olti yoshda edi.

Temurning kenja о‘g‘li Shohrux Mirzo (1377-1447) yigirma yoshdan oshgan bо‘lib, unga Xuroson mulk qilib berilgan edi. Uning yetti о‘g‘li bо‘lib, Mirzo Ulug‘bek va Ibrohim Sulton (1394 yil tug‘ilgan) har ikkalasi о‘n bir yoshda, ammo Ulug‘bek Ibrohim Sultondan besh oylik kattaroq edi. Boysunqur sakkiz, Suyurg‘atmish olti, Muhammad Jо‘kiy uch, Jon о‘g‘lon ikki va Yardi bir yoshda edilar.

Sohibqiron Temurning vafoti arafasida qizlari va nevara-qizlaridan о‘n yetti nafari mavjud edi. Katta qizi Sulton Baxt Begim taniqli va sadoqatli amirlardan biri Amir Sulaymonshoh nikohida yashardi. Temurning ikkinchi о‘g‘li Umarshayx Bahodirdan uch nafar dilbar qiz qolgandi. Tо‘ng‘ich nevara Muhammad Sulton ibn Jahongirdan uch qiz, Mironshoh Mirzodan tо‘rt qiz hayot edi. Shohrux Mirzoda bir, Pir Muhammad ibn Jahongir Mirzo, Abu Bakr Mirzo va Xalil Sulton Mirzoning har birida bir nafardan qiz farzand bor edi. Temurning ikkinchi qizi Oqa Begim taniqli amirlardan Muhammadbek ibn Amir Muso nikohida bо‘lib, undan amirzoda Sulton Husayn (Husayn Boyqaro emas) dunyoga kelgandi.

Umuman olganda, manbalarda Sohibqiron shaxsi, xonadoni va faoliyatiga oid kо‘plab ma’lumotlar uchraydiki, ularni chuqur о‘rganish yangi-yangi bilimlar berishi bilan ahamiyatlidir.

Abduqayum MAHKAMOV,

jinoyat ishlari bо‘yicha viloyat sudi raisi

"qashqadaryogz.uz" ma’lumotlari asosida

10-04-2019 |
Foto galereya