Viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi joriy yilning 5  va 7 aprel kunlari kuzatilgan kuchli yomg‘ir natijasida vohamizning ayrim tog‘li hamda tog‘oldi hududlarida hosil bо‘lgan toshqinlar oqibatlari haqida ma’lumot taqdim etdi. Unda tabiiy ofat yetkazgan zarar kо‘lami, uni bartaraf etish bо‘yicha kо‘rilgan chora-tadbirlar tо‘g‘risida sо‘z boradi.

Ma’lum bо‘lishicha, Yakkabog‘ tumanida  Qizildaryo daryosi bо‘ylab oqib kelgan sel suvlari oqibatida avtomobil yо‘li va kо‘priklar zarar kо‘rgan.  Eski Yakkabog‘ mahallasi Madrasa guzari kо‘chasidagi aholini elektr bilan ta’minlovchi 8 dona simyog‘och tabiiy ofat natijasida qulagan. Ushbu simyog‘ochlar qayta tiklanib, elektr ta’minoti tо‘liq tiklandi. Jarayonga jami 12 nafar ishchi va 3 ta texnika jalb etilgan.

Shu jumladan, Eski Yakkabog‘ va Shar-Sharbog‘ot mahallalaridagi loyqa bosgan kо‘chalar, ariqlar tozalangan. Samoq, Tatar, Kaltaqо‘l va Serob qishloqlaridagi 14 elektr о‘tkazgich ustuniga sel suvlaridan zarar yetganligi aniqlanib, ustunlarni tiklash va aholini elektr energiyasi bilan ta’minlash  ishlari yakunlangan.

 "Samoq-Tatar-Kaltaqо‘l" avtomobil yо‘lining sel oqimlaridan zarar kо‘rgan qismlari ta’mirlangan va loyqadan tozalangan. Shu tumanning Tatar mahallasidagi 300 xonadonga uyma-uy kirib, aholi о‘rtasida yuzaga kelishi mumkin bо‘lgan yuqumli kasalliklar oldini olish, fuqarolarning qaynatilmagan ariq yoki daryo suvlaridan iste’mol qilmasligi bо‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan.

Aholi salomatligini asrash maqsadida seldan jabr kо‘rgan Nov, Suvlisoy va Kaltaqо‘l qishloqlaridagi 124 ta xonadonga zarur dori vositalari tarqatilgan.

Sel suvlari kirgan aholi xonadonlarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 2 ta maxsus sig‘imli mashina jalb qilingan.  Tibbiyot xodimlari tomonidan 1278 ta xonadon о‘rganilib, 1891 nafar fuqaro tibbiy kо‘rikdan о‘tkazilgan.

Imomyoqub va Alakо‘ylak qishloqlarini bog‘lovchi 4K 283 "Yakkabog‘-Alakо‘ylak-Shov-Dodqush" avtomobil  yо‘lining 15-kilometridagi uzunligi 84 metr va eni 13 metr bо‘lgan kо‘prikning о‘ng va chap tomonlari himoya qatlamini sel suvlari yuvib ketib, suv tushadigan beton qismi (perepad)ni tо‘liq oqizib ketganligi sababli, kо‘prikda og‘irlikni cheklovchi va kerakli yо‘l belgilari о‘rnatildi.

Bundan tashqari, sel suvlari Qamashi tumani hududidagi 1 ta avtomobil kо‘prigiga zarar yetkazgan. 4R-86 "Langar-Maydanak" avtomobil yо‘lining 20-kilometridagi Oqsuvdaryo daryosi ustidagi kо‘prikning qirg‘oqqa ulangan qismi yemirilib, avariya holatiga kelgan. Shu bois ushbu yо‘nalishdagi avtomobil va piyoda qatnovlar vaqtinchalik aylanma yо‘l orqali amalga oshirildi. Tuman markazi bilan Langar, Kо‘kbuloq aholi punktlari orasida avtomobil qatnovini yо‘lga qо‘yish maqsadida suv yо‘liga diametri 1000 millimetrli temir quvur kо‘milib, aylanma yо‘l tiklandi.

"Langar-Maydanak" avtomobil yо‘lining 12-, 16-, 17-, 18-, 19-, 25- va 26-kilometrlari tosh jismlaridan tozalanib, holatni bartaraf etish maqsadida tuman avtomobil yо‘llaridan foydalanish UKdan 1 ta yuklagich, 2 ta samosval, 1 ta greyder va 16 nafar ishchi hamda Langar ota ziyoratgohi ishchi xizmatchilari va aholi orasidan 32 nafar kо‘ngilli jalb etilib, tozalash ishlari yakunlandi, avtotransport vositalari qatnovi tiklandi.

M.JО‘RAYEV

qashqadaryogz.uz  ma’lumotlari asosida

13-04-2019 |
Foto galereya