Bugungi kunda shifoxonalarimiz, nafaqat, viloyat va Respublikamizning boshqa hududlari aholisiga, balki, xorijiy davlatlar fuqarolariga tibbiy xizmat eksportini yo‘lga qo‘ymoqda.

Albatta, bu borada, muhtaram Prezidentimiz tomonidan sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilish, tibbiyotni aholiga yana-da yaqinlashtirish, bu borada xususiy sektor rolini oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan islohotlar muhim ahamiyatga ega.

Raqamlarga qaraydigan bo‘lsak, viloyatda xususiy tibbiyot muassasalari soni qariyib 700 taga yetdi yoki 2017-yilga nisbatan 3 baravarga oshdi.

Tadbirkorning 40 mlrd. so‘m investitsiyasi hisobidan qisqa muddatda foydalanishga topshirilgan “Obi zam-zam” xususiy klinikasi 100 koykali statsionar o‘ringa ega. Undan tashqari, bir kunda o‘rtacha 300 nafar bemorga ambulator xizmatlarni ko‘rsatadi.

Eng zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari keltirilib, ko‘plab yuqori texnologik jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi.

27-11-2023 |
Foto galereya