Viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligidagi delegatsiya Xitoyga tashrifining ikkinchi kuni "JAC Mators" kompaniyasi faoliyati bilan tanishib, ushbu kompaniya ishlab chiqarayotgan anʼanaviy yoki elektromobillarni Qarshi shahrida ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish borasida muzokaralar olib bordi.

Hozirda viloyatda yengil avtomobil ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishlar ketmoqda. Davlatimiz rahbari tomonlaridan ham viloyat hokimligi uchun Qarshi shahrida anaʼnaviy yoki elektrda harakatlanadigan avtotransport vositalarini ishlab chiqarish topshirig‘i berilgan.

Kompaniya Xitoy avto ishlab chiqaruvchilari orasida o‘ziga xos nufuzga ega. Kompaniya avtomibillari jahonning 60 dan ortiq davlatlarida eksport qilinmoqda. Delegatsiya kompaniya rahbariyati bilan ikki tomonlama uchrashuvda mazkur investitsiya loyihasi kelgusida viloyatning tashrif qog‘ozi bo‘lishini taʼkidladi. Yaʼni, kompaniya rahbariyati tez orada Qarshi shahriga kelishi kutilmoqda.

Viloyatimizda energiya tejovchi, boshqarishga qulay va aqlli mashinalarni ishlab chiqarishni joriy etish bo‘yicha muzokaralar davom etttirilib, tashrif davomida yana 2 ta yirik avto ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

19-07-2023 |
Foto galereya