Yaqinda Qozog‘istondagi mashhur "Nur-Oraz" sport majmuasida 2003-2004 yillarda tug‘ilgan yosh sportchilar о‘rtasida dzyudo bо‘yicha xalqaro musobaqa bо‘lib о‘tdi. Markaziy Osiyo mamlakatlarining eng sara yosh dzyudochilarini jamlagan musobaqada  Kitob tumanidagi  36-о‘rta maktabning 8-sinf о‘quvchisi Sabina Fayzullayeva ham ishtirok etib, yakunda kumush medalni qо‘lga kiritdi.

E’tiborli tomoni, Sabina 2005 yilda tug‘ilgan bо‘lsa-da, saralashdan muvaffaqiyatli о‘tib, mamlakat termasi tarkibida musobaqaga yо‘l olgan edi. Qolaversa, u 36 kilogramm vazn toifasiga ega bо‘la turib, 40 kilogramm vazn toifasida tatamiga chiqdi. Ammo bu jihatlar uning muvaffaqiyatli ishtirokiga tо‘siq bо‘la olgani yо‘q. Finalga qadar barcha raqiblarini ishonchli mag‘lub etib kelgan Sabina faqat hal qiluvchi bahsda imkoniyatni boy berib qо‘ydi.

- Garchi birinchi о‘rin uchun kurashda mag‘lubiyatga uchragan bо‘lsam-da, bu musobaqa о‘zimga nisbatan ishonchimni yanada orttirdi, - deydi Sabina. - Avgust oyida Turkiyada yana bir yirik turnir bor. Hozirda ana shu musobaqaga qattiq tayyorgarlik kо‘rayapman. Niyatim   dunyoning eng yirik arenalarida tatamiga chiqib, yurtimiz bayrog‘ini baland kо‘tarish.

Sabina Fayzullayeva 2014 yildan buyon tumandagi 2-bolalar va о‘smirlar sport maktabida dzyudo bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. U shu vaqtga qadar 3 karra О‘zbekiston chempionligini qо‘lga kiritgan.

J.BOYMURODOV

Suratda: Sabina Fayzullayeva.

 Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

 

 

09-07-2019 |
Foto galereya