Viloyat hokimligida 15 - may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan Qashqadaryoda ibratli oila namunasi bo‘lib kelayotgan, farzandlar tarbiyasi va ularning ilmli hamda kasb-hunarli bo‘lishi, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va yosh oila vakillarini o‘z ortidan ergashtirishga katta xizmat qilayotgan oila vakillari ishtirokida tantanali tadbir o‘tkazildi.

Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov so‘zga chiqib, so‘ngi yillarda davlatimiz rahbari tomonidan vatan ichra kichik vatan, yaʼni oiladek muqaddas qo‘rg‘onni asrab-avaylash, unda ulg‘ayotgan yoshlarni vatanparvarlik ruhida kamol topishi uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida alohida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng, vohamizdagi 16 ta ibratli oilaga Prezidentimiz farmonlariga asosan, Vazirlar Mahkamasining qarori bilan ilk bor taʼsis etilgan “Ibratli oila” ko‘krak nishonlari tantanali ravishda topshirildi.

Shuningdek, tantanali taqdirlash tadbiri davomida bu kabi eʼtibor va eʼtirofdan ilhomlangan namunali oila vakillari so‘z olib, yurtboshimizga o‘z minnatdorchiliklarini izhor etishdi.

15-05-2024 |
Foto galereya