"Sharq Qanot" aviakompaniyasi joriy yilning 13-iyunidan Qarshi shahridan Istanbul shahriga yo‘lovchi reyslarni amalga oshirishni boshladi. Bu reysning ochilishi nafaqat turizm sohasida, balki savdo va madaniy aloqalarni rivojlantirishda ham katta ahamiyatga ega.

Yangi reyslar Qarshi va Istanbul shaharlari o‘rtasidagi sayohatni ancha qulaylashtiradi. Shu bois, Turkiyaning Istanbul shahridan uchgan samolyot Qarshi shahridagi xalqaro aeroportda tantanali kutib olindi.

Aytish o‘rinliki, mazkur reys Qarshi aeroportidan MDH mamlakatlaridan boshqa xorijiy davlatlarga amalga oshirilgan birinchi muntazam aviaqatnovning ilk reysi sifatida tarixda qoladigan bo‘ldi.

Bundan buyon “Qanot Sharq” Istanbul-Qarshi-Istanbul yo‘nalishi bo‘yicha haftada bir marta, payshanba kunlari Airbus A321 neo samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.

14-06-2024 |
Foto galereya