Tumanda 5-11-sinf o‘quvchilarga mo‘ljallangan "Professional progres center" yangi ilm maskani foydalanishga topshirildi.

Maktabning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi o‘rinbosari, tuman hokimi va nuroniylar so‘zga chiqib, yangi maktab imkoniyatlari, yosh avlodga taʼlim berishda nodavlat taʼlim muassasalarini tashkil etish hamda ular faoliyatini rivojlantirish borasidagi ishlar xususida so‘z yuritdi.

Tadbir ishtirokchilari mazkur maktabda yaratilgan shart-sharoitlar va imkoniyatlar bilan tanishdi.

- Maktabimiz hozirda 320 nafar o‘quvchi qabul qilish imkoniga ega, - deydi maktab direktori Alisher Aliboyev. Muassasa eng zamonaviy o‘quv qurollari va jihozlari, multimedia vositalari bilan taʼminlangan. Yotoqxona va oshxona faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Darslar oliy toifali o‘qituvchilar tomonidan o‘tiladi.

24-08-2023 |
Foto galereya