Qashqadaryoda yangi saylangan 768 nafar mahalla raislarining ikki xaftalik (88 soatlik) mintaqaviy о‘quvlari yakunlandi.

О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 13 maydagi “Fuqarolar yig‘inlari raislarining malakasini oshirish bо‘yicha о‘quvlarni tashkil etish va о‘tkazish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi 3-sonli majlis bayonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar ikki hafta davom etishi rejalashtirilgan.

О‘quv jarayonida mahallar raislarining vakolatlari, ularga yaratib berilgan imkoniyatlar, fuqarolar bilan samarali ishlash, ularning muammosiga yangicha yondoshuv bilan yechim topish masalalari ham buyicha о‘quvlar tashkil etildi va 768 nafar mahalla raislari malaka oshirganlik buyicha sertifikatlarga ega bо‘ldi.

Suratlarni Murod Komilov olgan.

Viloyat hokimligi axborot xizmati.

07-07-2019 |
Foto galereya