Bugun erta tongdan Qarshi shahridagi Markaziy о‘yingoh 10 ming nafarga yaqin aholi vakillari va sportchilar bilan tо‘ldi. 

 

 

 

Qashqadaryo viloyati hokimligi hamda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi bilan hamkorlikda viloyatda olimpiya harakatini rivojlantirish, yoshlarni olimpiya sport turlariga jalb etish, aholi о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish ishlari samaradorligini yanada oshirish maqsadida 6 iyul kuni “Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab о‘tkaziladigan “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalariga start berildi.

“Xalqaro olimpiya kuni”ga bag‘ishlab о‘tkaziladigan “Xalq sayli” umummilliy sport musobaqalarining ochilish marosimi musiqa sadolari ostida tadbir ishtirokchilarning ertalabki badantarbiya mashg‘ulotlarini bajarishdan boshlandi. Shundan sо‘ng ishtirokchilar tomonidan olimpiya xalqalarini aks etuvchi о‘ziga xos fleshmob tashkil etildi. Ochilish marosimi ommaviy marafon musobaqasiga ulanib ketdi. О‘tkazilgan tadbirlarda 10000 nafarga yaqin aholi vakillari, sportchilar ishtirok etishdi.

– Barchaning kayfiyati kо‘tarinki, xursand, – deydi viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Odilov. – “Xalqaro Olimpiya kuni” munosabati bilan viloyatning barcha tuman (shahar)larida “Sitius, Altius, Fortius”, “Olimpiya sari yо‘l” shiorlari ostida turli sport musobaqalari, festivallar о‘tkazilmoqda. Albatta bundan kо‘zlangan maqsad yoshlarimizni ommaviy sport turlariga jalb qilish, ular о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdir.

                                             

                                                Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                              Viloyat hokimligi axborot xizmati

 

04-07-2019 |
Foto galereya