Navrо‘z bayrami munosabati bilan О‘zbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasi Qashqadaryo viloyati kengashi tashabbusi Chiroqchi tumanida “Jismoniy va ruhiy barkamollik sari!” shiori ostida sog‘lomlashtirish aksiyasi о‘tkazildi. 

     Tadbir ayollar о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish va zararli odatlardan asrash, shuningdek, jismoniy tarbiya va sport faoliyatini samarali tashkil etish tizimini shakllantirishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. 

         Sog‘lomlashtirish aksiyasi doirasida bepul tibbiy kо‘rik tashkil qilindi. Ishtirokchi xotin-qizlar 7 yoshdan 45 yoshgacha hamda undan yuqori yosh toifalariga bо‘linib, marafon yugurish, kurash, voleybol, stol tennisi, arqon tortish kabi musobaqalarda bellashdi. Shuningdek shaxmat-shashka о‘yinlari ham tashkil qilindi. 

     – Bellashuvlarda kurash bо‘yicha faxrli birinchi о‘ringa munosib kо‘rildim, – deydi M.Saydullayeva. – Eng asosiysi, bugungi tadbirning juda kо‘tarinki ruhda о‘tganidir. Ishonamanki, bunday bellashuvlarni doimo о‘tkazib borish har jihatdan ahamiyatli. Boisi ayollarni ham ommaviy sport turlariga jalb etish, sog‘lom avlodning shakllanishida muhim omil bо‘ladi. 

           Tadbir sо‘ngida sog‘lomlashtirish aksiyasida yuqori о‘rinni egallagan va faol ishtirok etgan barcha xotin-qizlarga tashkilotchilarning esdalik sovg‘alari taqdim etildi. 

О‘lmas Barotov, О‘zA 

26-03-2019 |
Foto galereya