Aytish joizki, yurtimizda inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolarning jamiyatlan davlat idoralaridan rozi bо‘lib yashashiga munosib shart-sharoit yaratib berish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xalq orasiga kirish, aholi bilan yaqindan muloqot о‘rnatish hamda ularning dardini eshitib, og‘irini yengil qilish bugungi kundagi eng dolzarb vazifalardan biridir.

Viloyat hokimi va sektor rahbarlari  Koson tumani Yesaboy mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul о‘tkazdi. Aholini qiynayotgan muammolar xususida suhbatlashdi. Mazkur  mahalla naafaqat viloyatimiz balki respublikamiz bozorlariga sabzavot mahsulotlari yetkazib berish bilan tanilgan. Sayyor qabulda viloyat hokimi ushbu mahsulotlarni yetishtirish salmog‘ini yanada oshirish lozimligini e’tirof etdi.  Qabul jarayonida  fuqarolar asosan elektr energiya ta’minotini yaxshilash, ichki yо‘llarni ta’mirlash, tadbirkorlik  faoliyatini kengaytirish uchun kreditlar ajratish, maktab va maktabgacha ta’lim muassasasi, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash borasida о‘z takliflarini bildirdi. Koson tumani xalq ta’limi bо‘limiga qarashli 17-umumiy о‘rta ta’lim maktabi direktori Aziza Ashurova sinfxonalar uchun jihozlar yetishmasligi, maktab atrofini temir panjara urashda amaliy yordam sо‘rab murojaat qildi. Natijada 5 ta sinfxona uchun jihoz ajratiladigan bо‘ldi.

Shuningdek, aholining talabi о‘rganilib, 10 km ichki yо‘llarni ta’mirlash, 1980 yillarda о‘rnatilgan 60 ta yog‘och  ustunni beton ustunga almashtirish, maktabgacha ta’lim muasassasini tо‘liq jihozlash, qishloq vrachlik punktini ta’mirlash buyicha ham  mutasaddilarga zarur kо‘rsatmalar berildi. Tadbirkor Meli Umrzoqov bolalar suzish havzasi va sabzavot mahsulotini saqlash  uchun zamonaviy sovutgi qurish uchun kredit ajartilishida qilgan murojaati ijobiy hal etildi.

4 nafar nogironlik aravachasiga extiyoji bо‘lgan fuqarolarga nogironlik aravachalari berildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan 34ta turli mazmundagi murojaatlar yо‘llandi. Murojaatlarning 16tasi joyida hal etildi, 18tasi bо‘yicha tegishli mas’ullar tomonidan qonuniy tushuntirishlar berildi, qolganlari bо‘yicha mutasaddilarga kо‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Albatta, aholining yashash tarzi bilan yaqindan tanishish, ularni qiynab kelayotgan muammolarga о‘z vaqtida yechim topish, yaxshi yashashi uchun zarur shart-sharoitlar yaratib berishga yaqindan kо‘maklashish maqsadida tashkil etilayotgan bu kabi sayyor qabullar ularning hayotdan rozi bо‘lib yashashiga omil bо‘lmoqda.

                                                                    Suratlarni Murod Komilov olgan.

                                                             Viloyat  hokimligi axborot xizmati.

19-07-2019 |
Foto galereya