Viloyat tumanlarida 2019 yil hosili uchun jami 204800 gektar, shu jumladan, suvli maydonlarga 141800 gektar hamda 63000 gektar lalmi maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlarini ekilib, 2019 yil hosili uchun g‘alla о‘rim-yig‘imi mavsumini qisqa muddatlarda о‘tkazish, g‘alla hosilini sifatli yig‘ishtirib olish bо‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 26 apreldagi  357-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizom talablari asosida, shuningdek, joylardagi holatdan kelib chiqib, 470 ta “G‘alla о‘rish otryad”lari shakllantirildi, otryad tarkibiga otryad rahbari, ichki ishlar xodimlari, yer tuzuvchi, statistika xodimlari, mexanik, hisobchilardan iborat 3760 nafar mas’ullar nomma-nom biriktirildi.

Shuningdek, otryadlarning har biriga bittadan kо‘chma ustaxona, yoqilg‘i tashish vositalari, don tashish uchun 2847 dona don tashish texnikalari, shundan 2054 dona yuk avtomobillari biriktirildi.

Ayniqsa, otryad rahbarlarini tanlashga alohida e’tibor berilib, asosan jonkuyar, sohada mehnati singgan, fidoyi viloyat va tumanlar tashkilotlari rahbar-mutaxassislari, agronomlar otryad rahbari etib tayinlandi.

О‘rimda qatnashadigan kombaynlarning 940 nafar  operatorlarini mavsum oldidan moddiy rag‘batlantirish maqsadida bosh operatorga 1,0 mln.sо‘m, yordamchi mexanizatorga 800 ming sо‘mdan mablag‘ tо‘lab berilib, har bir mexanizatorga 1 qopdan un, 1 qop piyoz, 1 qop kartoshka, 1 qop sabzi, 10 kg guruch, 10 kg gо‘sht, 10 kg.dan yog‘ tarqatildi. 

Bundan tashqari, shu yilning 30 may kuni kechqurun mavjud 470 ta g‘alla о‘rish otryadlari rahbarlari, har bir otryadga biriktirilgan ichki ishlar xodimlarini Qarshi shahridagi viloyat musiqali drama teatr oldida bir piyola choy ustida badiiy musiqali chiqishlar bilan kо‘ngilli dam olishlari tashkil etildi.

G‘alla о‘rim-yig‘imi mavsumida hisob-kitoblarni yuritish bо‘yicha viloyat va barcha tumanlarda “G‘alla о‘rim-yig‘imi hisob-kitob markazlari” tashkil etilgan, ushbu markazlarga о‘rtacha 7 nafardan malakali, hisob-kitob bо‘yicha tajribasi bor mutaxassislar jalb qilinib, ularning kechayu-kunduz ishlashi uchun barcha sharoitlar yaratib berildi.

G‘alla о‘rimi mavsumi oldidan jami 400 dona, shundan 168 dona “Keys” va “Nyu-xolland”, 190 dona “Klaas” va 42 dona “Vektor” kombaynlar tо‘liq ta’mirlanib, mavsumga tayyorlandi. Grafik asosida kombaynlarni texnik kо‘rikdan о‘tkazib, sinab kо‘rish maqsadida yurgizib (ishlatib) kо‘rildi.

Hukumatimiz yordami bilan 2019 yilda ham g‘alla о‘rim-yig‘im mavsumi uchun yangidan 70 dona g‘alla о‘rish kombaynlari sotib olindi.

Joriy yilda boshoqli don sotish bо‘yicha 3585 ta fermer xо‘jaliklari bilan jami 408,8 ming tonna shundan 365,2 ming tonna tovar don va 43,6 tonna urug‘lik don sotish rejalashtirildi.

Ekilgan muddatlari va g‘alla hosilining pishib yetilishidan kelib chiqib, о‘rim-yig‘im ishlari 2 iyun kunidan boshlandi. Ommaviy ravishda 10 iyundan g‘alla о‘rim-yig‘imiga kirishildi.

Mavsum davomida kombaynlarning ish unumi о‘rtacha bir kombaynga 7-9 gektardan, yanchilgan don esa 50-60 tonnadan tо‘g‘ri keldi.

Viloyatdagi 3585 nafar fermer xо‘jaliklarining jami 204800 gektar, shundan 141800 gektar suvli va 63000 gektar lalmi maydonlarda yetishtirilgan g‘alla hosili о‘rilib, shundan davlatga 500 ming tonna g‘alla sotildi.

Bugungi kungacha Koson, Mirishkor, Nishon, Qarshi, Kasbi, G‘uzor va Muborak tumanlari davlatga g‘alla topshirish rejalarini bajarib, yuqori kо‘rsatkichga erishdi.

Ayni paytda g‘alla dalalarida о‘rim ishlari davom etmoqda.

 

                                                                    Viloyat hokimligi axborot xizmati.

05-07-2019 |
Foto galereya