Ma’lumki, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan xalq bilan muloqot qilish, murojaatlar bilan ishlash bо‘yicha tamomila yangi tizim - Xalq qabulxonalari instituti yaratilgani bugun joylarda tо‘planib qolgan muammolarning aniqlanishi va о‘z vaqtida hal etilishida muhim omil bо‘lmoqda.

Endi fuqaro о‘zini qiynayotgan har qanday masala, muammo yoki taklif yuzasidan goh u tashkilot, goh bu tashkilotga borib yurishiga hojat yо‘q. Tо‘g‘ri, hududdagi Xalq qabulxonasiga kelib murojaat etadi va uning murojaati tegishliligiga kо‘ra kerakli tashkilot yoki organlarga yuboriladi. Shu bilan bir qatorda, bu murojaatning taqdiri, uning belgilangan muddatlarda kо‘rib chiqilishi, hal etilishi yoki asoslantirilgan javob qaytarilishi nazoratda bо‘ladi.

Misol uchun, joriy yilning о‘tgan davri mobaynida О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarshi shahar Xalq qabulxonasiga jami 177 fuqarodan 178 ta masala bо‘yicha murojaatlar kelib tushgan. Shundan 144 ta murojaat kо‘rib chiqilgan. Ularning 66,7 foizi qanoatlantirilgan bо‘lsa, bir qator murojaatlar bо‘yicha huquqiy tushuntirish berilgan, yana ayrimlari kо‘rib chiqish jarayonida.

Bevosita murojaatlar tahliliga nazar tashlaydigan bо‘lsak, aholi eng kо‘p tadbirkorlik hamda kredit olish (33 ta murojaat), uy-joy (28 ta) masalalarida, ichimlik suvi (13 ta), elektr energiyasi (12 ta) va tabiiy gaz ta’minoti (11 ta), yer ajratish (11 ta)  bо‘yicha murojaat qilgan.

Demakki, bu mazkur sohalarda tizimli muammolar borligini kо‘rsatadi. Yana ayrim tashkilotlarda esa murojaatlar bilan ishlash tizimi tо‘g‘ri yо‘lga qо‘yilmagan. Natijada aholi ularga tegishli masala bо‘yicha qayta-qayta murojaat qilishga majbur. Qarshi shahar Xalq qabulxonasi tomonidan ana shunday holatlar bо‘yicha mas’ul tashkilotlarga 32 dan ortiq taklif va taqdimnomalar kiritildi.

Sayfulla AZIZOV,

Qarshi shahar Xalq qabulxonasi mudiri

                                                                   Qashqadaryogz.uz ma’lumotolari asosida

 

 

26-06-2019 |
Foto galereya