Muhtaram Prezidentimizning saʼyi-harakatlari bilan yurtimizda tibbiyot sohasi yanada rivojlanib, aholiga xizmat ko‘rsatish sifati oshib bormoqda.

Ayni kunlarda Qarshi shahridagi "Yangi O‘zbekiston" massivi hududida 7 gektarlik maydonda qurilishi rejalashtirilgan 600 o‘rinli zamonaviy viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi loyihasi ishlab chiqilmoqda.

Bugun masʼullar viloyat hokimi Murotjon Azimovga ushbu loyihani boshlang‘ich holatini taqdimot qilishdi.

Shuningdek, Murotjon Azimov Qarshi tumanidagi o‘rganishlari davomida tuman tibbiyot birlashmasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan ham tanishdi.

12-06-2024 |
Foto galereya