Viloyat rahbari boshchiligidagi sektor rahbarlari va keng jamoatchilik vakillari ishtirokida 24 nafar chin yetim qashqadaryolik yoshlarga xonadonlar kalitlari topshirildi.

"Niyatimiz - ular mana shu xonadonlarida, yaʼni Vatan ichidagi kichik vatanlarida baxtli oila qurib, ezgu orzu-niyatlariga yetib yashashsin! O‘zlarining bilimlari, kasb-hunarlari bilan el koriga kamarbasta bo‘ladigan, yurtga sodiq insonlar bo‘lib kamol topishsin!" - dedi Viloyat hokimi Murotjon Azimov o‘z tabrigida.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek: “Hech qachon unutmang, g‘alaba va baxt – astoydil intilganniki!

Sizlarning yutug‘ingiz – bu butun el-yurtimizning yutug‘i. Xalqimiz sizlarga ishonadi, sizlarga tayanadi, sizlardan kuch-g‘ayrat, ruh va ilhom oladi. O‘z oldingizga ulug‘ maqsadlar qo‘yib yashashdan aslo charchamang! Yangi O‘zbekistonni albatta sizlar bilan, butun mamlakatimiz yoshlari bilan birga barpo etamiz!”

Uy-joylar kalitlarini tantanali topshirish marosimida so‘z olgan yoshlar Prezidentimizga o‘z minnatdorchiligini bildirib, kelajakda vatanimizga xizmat qiladigan yetuk insonlar bo‘lib yetishishga vaʼda berishdi.

Fotolavhalar: https://t.me/qvh_axboroti/23500 

03-06-2024 |
Foto galereya