Xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning turli soha va tarmoqlarda о‘z qobiliyat va imkoniyatlarini rо‘yobga chiqarishi uchun shart-sharoit yaratish, onalik va bolalikni har tomonlama qо‘llab-quvvatlash, oila institutini mustahkamlash borasida keyingi ikki yarim yilda Prezidentning 2 ta farmoni, 2 ta qarori, hukumatning 6  qarori va 4 farmoyishi qabul qilindi.

Besh ijobiy tashabbusning xotin-qizlar bandligini oshirishga doir beshinchisi bо‘yicha 2019-2020 yillarda har bir tumanda tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollar uchun ish о‘rinlari yaratish kо‘zda tutildi. Viloyatimizda ham joriy yilda Yakkabog‘ tumanining Eski Yakkabog‘ mahallasidagi va Kitob tumani Sharq yulduzi mahallasidagi tikuv sexlarida 200 tadan, Nishon tumanidagi Dо‘stlik  mahallasida 140 ish о‘rniga ega tikuv sexlari qurilishi boshlandi. Bandlik bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda ushbu tumanlardagi ish bilan band bо‘lmagan 600 nafar xotin-qiz tikuvchilik yо‘nalishi bо‘yicha kasbga qayta о‘qitilmoqda.

О‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining о‘rinbosari, Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi Elmira Basitxonovaning viloyatimizga tashrifi davomida shu haqda aytib о‘tildi.

Viloyat hokimligida tashkil etilgan uchrashuvda viloyat, shahar va tumanlar xotin-qizlar qо‘mitalari raislari, qо‘mita boshlang‘ich tashkilotlari va OAV vakillari ishtirok etdi.

E.Basitxonova о‘z sо‘zida ayollar reabilitatsiya markazi, ayollar maslahatxonasi, qizlar salomatligi markazi, xotin-qizlar tadbirkorlik markazi, mahalla idorasi kabi ijtimoiy tuzilmalar faoliyati, ayollarni ish bilan ta’minlash va ularga kreditlar berish holatlari bilan tanishish, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari bilan yuzma-yuz suhbatlar о‘tkazib, mas’uliyatini kuchaytirish, ijtimoiy yordamga muhtoj, imkoniyati cheklangan qizlarni qо‘llab-quvvatlash kabi masalalarga alohida tо‘xtalib о‘tdi.

Yig‘ilish davomida faol qaynonalarga, og‘ir ijtimoiy sharoitda yashayotgan, nogironligi bо‘lgan xotin-qizlarga maishiy texnika buyumlari topshirildi.

- Bir nafar farzandim bilan amakimning uyida yashayman, - deydi Qarshi shahridagi Nasaf mahallasilik Surayyo Jо‘rayeva. - Uy-joy olish uchun qilgan murojaatim bugun ijobiy hal etildi. Juda xursandman.

Xotin-qizlar qо‘mitasi raisi shu kuni Kasbi tumanidagi Dо‘stlik mahallasida joylashgan ijtimoiy moslashuv reabilitatsiya markazining ochilish marosimida ham ishtirok etdi. Markazning  pastki qavatida kam ta’minlangan, nogironligi bо‘lgan xotin-qizlarning ish bilan bandligini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan 30 о‘rinli tikuvchilik sexi va fitnes klubi  faoliyati bilan tanishdi.

Sо‘ng tuman FHDYO bо‘limida kelin-kuyovlar innovatsion maktabining ochilish marosimi о‘tkazildi. Kо‘p tarmoqli poliklinikadagi ayollar maslahat bо‘limi va qizlar salomatligi markazi ish faoliyati borib kо‘rildi.

Shohista BOZOROVA

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

20-07-2019 |
Foto galereya