8 tuman maktablari uchun maqsadli qabul kо‘rsatkichlari belgilandi

2019/2020 о‘quv yilida respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatining kunduzgi ta’lim shakli bо‘yicha davlat buyurtmasi asosida о‘qishga qabul qilish parametrlaridan kelib chiqib, davlat granti doirasida xalq ta’limi sohasida oliy ma’lumotli kadrlarga ehtiyoj yuqori bо‘lgan hududlar uchun maqsadli qabul kо‘rsatkichlari belgilandi.

Bunda respublikaning 9 ta hududidagi 48 ta tuman (shahar)ning olis, chekka va tog‘li hududlarida joylashgan maktablarni oliy ma’lumotli kadrlar bilan ta’minlash yuzasidan maqsadli qabul uchun jami 815 ta о‘rin ajratilishi kо‘zda tutilib, ularning 140 tasi viloyatimizning Kitob, Dehqonobod, Chiroqchi, Muborak, Mirishkor, Yakkabog‘, Qamashi, Shahrisabz tumanlariga tegishli.

Ma’lumot uchun, yangi о‘quv yilida mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalariga о‘qishga qabul qilishda bir qancha yangiliklar joriy etildi. Jumladan, Qurolli Kuchlar safida muddatli harbiy xizmatni о‘tab, harbiy qism qо‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bо‘lganlar uchun umumiy qabul kvotasi doirasidan tashqari, shuningdek, nogironlar uchun ham alohida kvota ajratildi. Tо‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga о‘z xohishlariga kо‘ra kontrakt tо‘lovini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda tо‘lash, magistraturada faqat turdosh emas, istagan yо‘nalishda о‘qish, rektorlarga tо‘lov-kontrakt miqdorini belgilash huquqi berildi.

N.XО‘JAYEV

Qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

 

09-07-2019 |
Foto galereya