Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filiali tomonidan О‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat kengashi bilan hamkorlikda futbol musobaqasi о‘tkazildi.

Musobaqada salomatlik posbonlaridan tashkil topgan jamoalar nafaqat tibbiyot, balki futbol borasida ham yuqori mahoratga ega ekanligini namoyish qilishdi. Eng kuchli jamoalar saralanib, hal qiluvchi bosqichlarga qadar yetib kelishdi.

“Avitsenna”, “Neyron”, “Korona Martiz” va “Emerjens” jamoalari о‘rtasida kechgan yarim final bahslarida “Avitsenna” va  “Korona Martiz” jamoalari g‘oliblikni qо‘lga kiritib, finalda о‘zaro kuch sinashdi. Bu uchrashuvda “Avitsenna” jamoasi g‘alaba qozondi va musobaqaning bosh sovriniga ega bо‘ldi.

G‘olib va sovrindor jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.

J.BOYMURODOV

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Foto galereya