Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 14 martdagi “Qorakо‘lchilik sohasini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi qarori sohani yangi taraqqiyot bosqichiga kо‘tarish uchun mustahkam zamin hozirladi.

Qarorda qorakо‘lchilik bilan shug‘ullanayotgan subyektlar va qorakо‘lchilik mahsulotlarini qayta ishlash korxonalariga bir qator soliq va bojxona imtiyozlari berildi. Shuningdek, mazkur hujjatda  qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish va eksport kо‘lamini oshirish, qorakо‘lchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish, yaylovlar sifatini yaxshilash, uzoq chо‘l hududlarida qorakо‘l qо‘ylarini sug‘orish inshootlarini ta’mirlash va yangilarini qurish bо‘yicha qator chora-tadbarlar amalga oshirilishi belgilandi.

Qaror ijrosi doirasida vohamizda ham 86 ta shaxtali hamda tik quduqlarni qurish, mavjud 204 ta ana shunday inshootlarni ta’mirlash bо‘yicha ish olib borilmoqda. Shuningdek, joriy yilda Muborak tumanida qorakо‘l terini qayta ishlashga ixtisoslashtirilgan yangi korxona qurish rejalashtirilgan.

J.BOYMURODOV

 

Suratlarda: Mirishkor tumanidagi

“О‘zbekiston” mas’uliyati cheklangan jamiyati

qorakо‘lchilik xо‘jaligi faoliyatidan lavhalar.

Sobir NARZIYEV olgan suratlar

qashqadaryogz.uz ma’lumotlari asosida

04-04-2019 |
Foto galereya