Muhtaram Prezidentimizning aholiga ko'rsatilayotgan xizmatlarda o‘sish bo‘lishi uchun transport infratuzilmasini yaxshilash zarurligi bo'yicha bergan topshiriqlari ijrosini ta'minlash maqsadida viloyat hokimligida Qashqadaryo viloyatida transport tizimini takomillashtirish borasida rejalashtirilayotgan ishlar taqdimoti o'tkazildi.

Taqdimotda ta'kidlanishicha, asosiy e'tibor odamlarga qulay transport tizimini yaratish, tirbandliklarni oldini olish, gavjum yo'llarda yer osti va usti piyodalar yo'laklarini qurish, viloyat markaziga keluvchi avtomashinalar oqimi ko'pligini hisobga olib, jamoat transporti xizmatlarini barcha tumanlardan Qarshi shahriga qatnovini oshirish kabi bir qator takliflar o'rin olgan.

Shuningdek, viloyat hokimi shu yerning o'zida Prezidentimizning joriy yil 16-yanvardagi “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish sohasida davlat nazorati mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-11-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli mas'ullarning yashirin iqtisodiyotni oldini olish borasidagi taqdimoti bilan ham tanishib, har ikki masala bo'yicha ham o'z taklif va mulohazalarini bildirdi.

03-04-2024 |
Foto galereya