Qamashi tumanida qishloq xo‘jaligi xodimlari ishtirokida seminar o‘tkazildi. Unda viloyat hokimi Murotjon Azimov, sektor rahbarlari, klaster va fermerlar, qishloq xo‘jaligi sohasi xodimlari ishtirok etdi.

Bugungi kunda tumanda 2 ta paxtachilikka va 1 ta g‘allachilikka ixtisoslashgan klasterlar faoliyat yuritadi. 619 ta fermer xo‘jaliklari 26 ming gektardan ortiq yer maydonida paxta, g‘alla, oziq-ovqat va meva-sabzavot mahsulotlari yetishtiradi. Seminarda har bir fermer ilm-fan, innovatsiyalar hamda suv tejovchi texnologiyalardan foydalangan holda belgilangan shartnoma shartlarini bajarishi va daromad olishi muhimligi taʼkidlandi.

Shuningdek, klasterlar yetishtirlayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tumanning o‘zida qayta ishlashi va bu orqali aholi bandligini taʼminlashi zarurligi qayd etildi.

14-11-2023 |
Foto galereya